Mehriddin Abdullayev Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari oldin “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimida ham ishlagan.

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Abdullayev Mehriddin Razzoqovich Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.
Mehriddin Abdullayev oldin “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimida ham ishlagan.
Abdullayev 2023 yil mart oyida Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.
U 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
2017−2020 yillarda Oʻzbekiston Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1993) va Toshkent davlat yuridik instituti (2005) bitiruvchisi.
