Surxondaryodagi savdo shoxobchalarida sifatsiz dazmollar sotilayotgani aniqlandi
Xitoydan import qilingan mahsulot amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, mahsulot tegishli davlatlararo standartning bir necha bandlari talablariga nomuvofiq ekani tasdiqlandi.

Surxondaryoda Xitoyda ishlab chiqarilgan "MEGA" brendli dazmollar sifatsiz ekani aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimi tomonidan savdo shoxobchalarida bozor nazorati tadbirlari oʻtkazildi.
Nazorat davomida realizatsiya qilinayotgan dazmol mahsulotlaridan namunalar olinib, ularning xavfsizlik koʻrsatkichlari hamda amaldagi standartlar talablariga muvofiqligi laboratoriya sinovlari orqali oʻrganildi.
Oʻrganishlar doirasida "MEGA" brendi ostida sotuvga qoʻyilgan dazmollardan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari oʻtkazildi.
Sinov natijalariga koʻra, Xitoydan import qilingan mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, mahsulot tegishli davlatlararo standartning bir necha bandlari talablariga nomuvofiq ekani tasdiqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo shoxobchalariga ogohlantirish xatlari yuborildi hamda mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish va ularning realizatsiyasini toʻxtatish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.
Sifatsiz mahsulotlar roʻyxati bilan orqali tanishishingiz mumkin.
