platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga boradi

Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston – Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston – Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sammit yakunida ustuvor yoʻnalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, tashrif arafasida Minsk shahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum ham boʻlib oʻtadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid