platina.uz
Jamiyat

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi inspektori ushlandi

U fuqaroni Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filialiga ishga kiritish evaziga 800 dollar olgan. 

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi inspektori ushlandi

Qashqadaryo viloyatida fuqaroni ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan davlat mehnat huquq inspektori fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshirish oʻtkazildi.

Unda Qashqadaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat huquq inspektori A.H. (muqaddam sudlangan) oʻzining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.H.ni Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filialiga orastabon vazifasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olganligi aniqlangan. Soʻngra ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollari va 3,3 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid