platina.uz
Jamiyat

Andijonda “Hududiy elektr tarmoqlari” xodimlari qamoqqa olindi

Oʻrganishlar davomida filialda isteʼmolchilarga elektr hisoblagichlarini oʻrnatish jarayonida qonunbuzilish holatlari, shuningdek, hisoblagichlar kamomadi aniqlangan. 

Andijonda “Hududiy elektr tarmoqlari” xodimlari qamoqqa olindi

Andijonda “Hududiy elektr tarmoqlari” xodimlari ushlandi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining topshirigʻiga muvofiq, Jamiyatning Ichki audit xizmati hamda Komplayens nazorati xizmati tomonidan Andijon va Samarqand filiallarida elektr energiyasi hisoblagichlarining isteʼmolchilarga qonunchilik talablariga muvofiq oʻrnatilishi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganishlar davomida Jamiyatning Andijon filialida isteʼmolchilarga elektr hisoblagichlarini oʻrnatish jarayonida qonunbuzilish holatlari, shuningdek, hisoblagichlar kamomadi aniqlandi.

Mazkur holatlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli tartibda xabar berildi.

Natijada qonunbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan korxonaning 12 nafar xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda Jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Samarqand shahar boʻlinmasida elektr hisoblagichlarining isteʼmolchilarga jamiyat mablagʻlari hisobidan noqonuniy ravishda oʻrnatilgani aniqlanib, ushbu holat yuzasidan ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi.

Ayni paytda jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash choralari amalga oshirilmoqda.

Hozirda Samarqand viloyatining boshqa shahar va tumanlarida ham elektr hisoblagichlarining isteʻmolchilarga qonunchilik talablari asosida oʻrnatilishi hamda ularning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid