Ushbu haftada havo harorati 42 darajagacha oshadi
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan soʻng, Oʻzbekiston hududi boʻyicha harorat tartibi oddiy yozgi koʻrsatkichlarga asta-sekin qaytadi.

6-11 iyun kunlari respublika boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan soʻng, ushbu haftada Oʻzbekiston hududi boʻyicha harorat tartibi oddiy yozgi koʻrsatkichlarga asta-sekin qaytadi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga xos chegaralarda qoladi.
Bugun kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat 37-40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va choʻl hududlarda harorat asosan kunduz kunlari 39-42 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 6-11 iyul kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 35-38 daraja boʻladi, keyinchalik asta-sekin 38-40 darajagacha koʻtariladi.
Harorat kechalari 22-25 daraja atrofida boʻladi.
