“Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi mavsumi eʼlon qilindi
Ikkinchi mavsum 15 iyuldan boshlanadi. Gʻoliblar Mustaqillikning 35 yilligi bayrami kuni eʼlon qilinadi.

“Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi mavsumi eʼlon qilindi.
Joriy yilning 15 iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bunda:
- 15 iyuldan 3 avgustgacha loyihalarni kiritish;
- 4–18 avgust kunlari loyihalarni saralash;
- 19–21 avgust kunlari targʻibot bosqichi;
- 22–31 avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
- 1–10 sentabr kunlari qoʻshimcha gʻoliblarni eʼlon qilish bosqichi oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, anʼanaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra gʻolib loyihalar 1 sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni eʼlon qilinadi.
