platina.uz
Sport

OAV: Ilgiz Tantashev JChning boshqa oʻyinlarida qatnashmaydi

Bu qaror Paragvay va Fransiya oʻrtasidagi bahsli 1/8 final oʻyinidan soʻng qabul qilingan boʻlib, unda hakamlik keng muhokamalarga sabab boʻlgan. 

OAV: Ilgiz Tantashev JChning boshqa oʻyinlarida qatnashmaydi

Oʻzbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev 2026 yilgi Jahon chempionatining qolgan oʻyinlariga tayinlanmaydi.

Biroq, unga nisbatan hech qanday rasmiy intizomiy choralar koʻrilmaydi, deb xabar beradi Fransiyaning RMC Sport nashri.

Nashrning xabar berishicha, bu qaror Paragvay va Fransiya oʻrtasidagi bahsli 1/8 final oʻyinidan soʻng qabul qilingan boʻlib, unda hakamlik keng muhokamalarga sabab boʻlgan. Bir nechta xorijiy ommaviy axborot vositalari Tantashevning boshqaruvini tanqid qilishgan.

RMC Sport taʼkidlaganidek, FIFA oʻzbekistonlik hakamga nisbatan rasmiy intizomiy choralarni qoʻllamaslikka qaror qilgan.

Buning oʻrniga, u Jahon chempionatining qolgan oʻyinlariga tayinlanmaydi va bu uning turnirdagi faoliyatini yakunlaydi.

Biroq, FIFA hali bu masala boʻyicha rasmiy bayonot bermadi. Tantashevning keyingi oʻyinlarga tayinlanmasligi haqidagi maʼlumot faqat RMC Sport nashriga asoslangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid