Kreml oʻyinini oʻzgartirmoqdami: Moskva nega yana muzokaralar haqida gapira boshladi?
Ukraina Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlari va energetika infratuzilmasiga dron hujumlarini kuchaytirdi. Bu hujumlar natijasida Rossiyaning ayrim hududlarida yoqilgʻi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi. Hatto Vladimir Putinning oʻzi ham ayrim mintaqalarda yoqilgʻi taqchilligi borligini tan oldi.

Urushlarda qurollargina emas, siyosiy ritorika ham oʻzgarib turadi. Kecha «mumkin emas» deb aytilgan narsa bugun muzokara mavzusiga aylanishi mumkin. Biroq har qanday diplomatik bayonot ortida muhim savol turadi: bu haqiqiy tinchlikka intilishmi yoki navbatdagi taktik hisob-kitobmi?
Takabburlikning davosi
Soʻnggi haftalarda Rossiya-Ukraina urushi atrofidagi diplomatik faollik yana kuchaydi. Avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq maktub yoʻllab, shaxsan uchrashish va urushni tugatish yoʻllarini muhokama qilishni taklif qildi. Uchrashuv uchun Shveysariya, Turkiya yoki arab davlatlari kabi neytral maydonlar taklif etildi. Biroq Kreml bu taklifni qabul qilmadi. Putin oʻsha paytda Zelenskiy bilan uchrashish uchun asos koʻrmayotganini aytdi. Ӯz xayolot olami va kurakda turmaydigan noreal talablarini takrorladi.
Oradan bir necha hafta oʻtib esa Moskvadan yana muzokaralar haqidagi signallar yangray boshladi. Belarus nomi ehtimoliy muloqot maydoni sifatida tilga olindi. Bu oʻzgarish nimani anglatadi?
Nima rӯy berdi?
Bu davr mobaynida frontdagi harbiy vaziyat keskin oʻzgarmagan boʻlsa-da, Ukraina Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlari va energetika infratuzilmasiga dron hujumlarini kuchaytirdi.
Bu hujumlar natijasida Rossiyaning ayrim hududlarida yoqilgʻi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi. Hatto Vladimir Putinning oʻzi ham ayrim mintaqalarda yoqilgʻi taqchilligi borligini tan oldi. Biroq u bu holat Rossiyaning harbiy maqsadlarini oʻzgartirmasligini va operatsiya davom etishini taʼkidladi.
Taqdir hazilini qarangki, Putin Yevropani mazaxlab, bizdan yokilgi oltshmasa muzlab ulishadi, avtomobilga benzin topa olmay, eshak aravada yurishadi, degan edi.
Biroq Yevropa Rossiya nefti va gazi oʻrniga boshqa muqlbillarini topdi va hech deyarli qanday qiyinchilikka uchramadi. Rossiyaning ӯzi hozir shu ayanchli vaziyatda. Qozogʻiston va Hindistondan dizel va benzin sotib olmoqchi.
Lekin hali bu holvasi. Zelenskiy dolzarb 40 kunlik eʼlon qilindi. Rossiyaning yanada kӯproq neftni qayta ishlovchi korxonalari nishonga olinadi endi. Atigi 12 foiz NQIKga berilgan zarba Rossiyani esankiratib qӯydi. Agar 30-70 foiz korxonalar ishdan chiqsa ruslar ogʻirroq muammolarga dush kelishi aniq.
Demak, muhim xulosa shunday: Ukraina zarbalari Rossiya iqtisodiyotining ayrim sohalariga bosim oʻtkazmoqda. Nima chora kӯrishga aqli yetmagan hukumat Ukrainadan dron hujumlarni tӯxtatishni sӯramoqchiga ӯxshaydi. Xuddi 9 may paradi oldidan Ukrainadan 3 kunlik yarashuv sӯrab yalingani kabi. Xullas, mavjud reallik Kremlni muzokaralarga undamoqda.
Belarusning nima aloqasi bor?
Kreml uchun Belarus tasodifiy tanlov emas. Minsk Rossiyaning eng yaqin harbiy-siyosiy ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Belarus Ukraina bilan ham chegaradosh davlatdir.
Prezident Aleksandr Lukashenko soʻnggi haftalarda Ukraina va Rossiya oʻrtasida murosa zarurligini bir necha bor taʼkidladi hamda ukrainalik vakillar bilan muloqot qilganini maʼlum qildi. Rossiya nuqtai nazaridan Belarus xavfsizlik jihatidan qulay maydon hisoblanadi.
Ukraina esa avvalroq neytral davlatlarda uchrashuv oʻtkazishni maʼqul koʻrgan edi. Bu ikki yondashuv diplomatik ishonch masalasi hamon hal etilmaganini koʻrsatadi. Qolaversa, Belarus - Zelenskiy uchun xavfli. Biror bahona bilan uning joniga qasd qilishlari ham mumkin. Yaqinda rӯy bergan Prigojin ӯlimi, umuman ruslarning ӯz raqiblarini muzokara bahonasida chaqirib, keyin ӯldirib yuborishganiga tarixda misollar kӯp.
Bundan tashqari, Xalqaro jinoyat sudi Putinni urush jinoyatlarda ayblab, uni qamoqqa olish uchun order bergan. Xalqaro statutni imzolagan davlatlar, nazariy jihatdan Putinni qamoqqa olishi shart.
Ukraina strategiyasi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ochiq maktubi nafaqat Kremlga, balki xalqaro hamjamiyatga ham qaratilgan siyosiy hujjat edi. Kiyev urushni diplomatik yoʻl bilan tugatishga tayyorligini namoyish qilishga harakat qildi. Shu bilan birga, muzokaralar boshlanishi uchun avval oʻt ochishni toʻxtatish va shaxsiy muloqot oʻtkazish zarurligini taʼkidladi.
Bu diplomatik tashabbusning muhim jihati shundaki, agar Rossiya rad etsa, Kiyev xalqaro maydonda "muzokaralarga tayyor tomon" sifatida koʻrinish imkoniga ega boʻladi.
Kremlning rejasi qanday boʻlishi mumkin?
Bugun bir nechta ehtimoliy ssenariyni koʻrib chiqish mumkin.
Birinchi ssenariy — iqtisodiy bosim. Neft infratuzilmasiga berilayotgan zarbalar, logistikadagi qiyinchiliklar va yoqilgʻi bilan bogʻliq muammolar Kremlni diplomatik imkoniyatlarni ham koʻrib chiqishga undayotgan boʻlishi mumkin.
Ikkinchi ssenariy — harbiy taktika. Rossiya muzokaralar haqida gapira turib, frontdagi operatsiyalarni davom ettirishi mumkin. Bu amaliyot xalqaro siyosatda yangilik emas.
Uchinchi ssenariy — tashqi siyosiy omil. Moskva xalqaro hamjamiyatga Rossiya muzokaralarga qarshi emasligini koʻrsatishga harakat qilayotgan boʻlishi ham mumkin.
Hozircha ushbu versiyalardan qaysi biri ustunligini tasdiqlaydigan yetarli dalil mavjud emas.
Bu haqiqiy burilishmi?
Soʻnggi bayonotlarga qaraganda, Putin muzokaralar ehtimolini inkor etmagan boʻlsa-da, Rossiyaning asosiy harbiy maqsadlari oʻzgarmaganini ham aniq aytdi. U Ukraina taklif qilgan uzoq masofali hujumlarni oʻzaro toʻxtatish gʻoyasini rad etdi va harbiy harakatlar davom etishini bildirdi.
Shu sababli hozircha Kreml siyosatida tub burilish yuz berdi, deyishga asos yoʻq. Koʻproq ritorika oʻzgarmoqda, ammo strategiya oʻzgargani hali isbotlanmagan.
Xulosa
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush nafaqat frontda, balki diplomatik maydonda ham davom etmoqda.
Zelenskiy shaxsiy uchrashuv taklifini ilgari surdi. Kreml avval bu taklifni qabul qilmadi. Endi esa Moskva Belarus orqali muzokaralar ehtimoli haqida gapirmoqda. Bu holatni turlicha talqin qilish mumkin.
Biroq hozirgi bosqichda eng toʻgʻri xulosa shunday: Kremlning diplomatik ritorikasida maʼlum oʻzgarish kuzatilmoqda, ammo buni Rossiyaning strategik yon berishi yoki urushni toʻxtatishga tayyorligi sifatida baholashga hali erta.
Yaqin oylar ushbu savolga aniqroq javob beradi. Agar muzokaralar haqiqatan boshlansa, bu urush tarixida yangi bosqich boʻladi. Agar bayonotlar amaliy qadamlar bilan tasdiqlanmasa, bu navbatdagi diplomatik manyovr sifatida tarixda qolishi mumkin.
Abulfayz Sayidasqarov
