platina.uz
Jahon

AQShda Mustaqillik bayramini nishonlash paytida yuz bergan otishmalarda kamida 6 kishi halok boʻldi

Oʻnlab kishilar jarohat oldi. Halok boʻlganlar orasida bolalar va oʻsmirlar ham bor edi. 

AQShda Mustaqillik bayramini nishonlash paytida yuz bergan otishmalarda kamida 6 kishi halok boʻldi

AQShning turli shaharlarida Mustaqillik kunini nishonlash paytida sodir boʻlgan otishmalarda kamida olti kishi halok boʻldi. Shuningdek, oʻnlab odamlar jarohat oldi.

Bu haqda NBC News xabar berdi.

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi Koni oroli mahallasida qora niqob kiygan erkak shanba kuni kechqurun oilaviy tadbirda qatnashayotgan odamlarga qarata oʻt ochdi va natijada kamida sakkiz kishi, jumladan, toʻrt bola yaralandi.

Shunga oʻxshash hodisalar Indiana, Kaliforniya, Missuri va Ogayo shtatlarida ham qayd etildi. Halok boʻlganlar orasida bolalar va oʻsmirlar ham bor edi. Floridada Pensacola markazida sodir boʻlgan otishmada 19 yoshli yigit halok boʻldi va yana olti kishi yaralandi.

Indianada bir nechta otishmalar natijasida bir ayol va 10 yoshli bola halok boʻldi, sakkiz nafar kattalar yaralandi.

Shuningdek, Missurida 17 yoshli yigit otishmada halok boʻldi va yana ikki 16 yoshli yigit oʻq jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid