platina.uz
Jamiyat

Andijonda 38 mlrd soʻmdan oshiq keshbek talon-toroj qilindi

Bir guruh shaxslar 2,2 trln soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan. 

Andijonda 38 mlrd soʻmdan oshiq keshbek talon-toroj qilindi

Andijon viloyatida 38,3 mlrd soʻm mablagʻlar keshbek sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro Yo.Q. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 5 ta MChJga boshqa MChJlar tomonidan 2,2 trln soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirib, goʻyoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid cheklarini chiqargan.

Natijada 94 921 nafar fuqaro va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida toʻlab berib, 38,3 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid