platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Mayami shahrida boʻlib oʻtadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini taʼkidladi. 

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga AQSh milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

“Sizga hamda doʻst Amerika xalqiga koʻp millatli Oʻzbekiston xalqi nomidan eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yoʻllashdan gʻoyat mamnunman.

Sizning dadil va shijoatli rahbarligingiz ostida AQSh iqtisodiy qudrati va taʼsirini yanada oshirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda, barcha davlatlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda”, – deyiladi maktubda.

Prezidentimiz bunday ijobiy jarayonlar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani, oʻzaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotganini taʼkidladi.

Maktubda oʻzaro savdo hajmini oshirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, muhim mineral resurslar va innovatsion kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi muloqot va amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi. Noqonuniy migratsiya, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotik vositalar noqonuniy aylanishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikdagi saʼy-harakatlarni kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy va global formatlar, avvalo, “C5+1” platformasi, BMT hamda boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik Prezident Donald Trampning faol qoʻllab-quvvatlashi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi.

Shu oʻrinda Prezidentimiz joriy yil dekabr oyida Mayami shahrida boʻlib oʻtadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid