Buxoroda murojaatlarni koʻrishda kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlar jazolandi
Ikki nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, bir nafar xodim lavozimidan ozod etilgan, yigirma besh nafar xodimga hayfsan berilgan.

Buxoro viloyatida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha 2026 yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Qayd etilganidek, viloyat aholisidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga 2026 yil yanvar-iyun oylarida jami 21,6 mingta murojaat kelib tushgan (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga kam).
Murojaatlarni koʻrib chiqishda kamchilikka yoʻl qoʻygan:
-2 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan;
-1 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan;
- 1 nafar xodim jarima jazosiga tortilgan;
-25 nafar xodimga hayfsan berilgan;
-56 nafar xodim rasman ogohlantirilgan.

Yigʻilishda yarim yillik yakunlari muhokama qilindi, tuman-shaharlarda murojaatlar bilan ishlash holati keng tahlil qilindi.
Tumanlarda sayyor va shaxsiy qabullar tizimli tashkil qilingani eʼtirof etildi.
Majlisda barcha hokimlar, hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlariga ushbu masalalardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshligʻi Buxoro Xalq qabulxonasi mudiri oʻrinbosari etib tayinlangan Firuza Ibragimovani yigʻilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
