platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi "Trend" pista ishlab chiqaruvchisiga jarima qoʻlladi

Brend reklamasida “MEGA” brendini obroʻsizlantirishga olib keluvchi lavhalar qoʻllanilgan. Tarmoqlarga aksilreklama materiallarini joylashtirgan bloger (fuqaro Abdurahmon Fazilov)ga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilash koʻrib chiqilyapti. 

Raqobat qoʻmitasi "Trend" pista ishlab chiqaruvchisiga jarima qoʻlladi

Raqobat qoʻmitasi "Trend" brendi ostida pista ishlab chiqaruvchisiga jarima qoʻlladi.

Raqobat qoʻmitasiga “MEGA” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan pista mahsuloti ishlab chiqaruvchisi murojaat qilib, “TREND” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan pista mahsuloti ishlab chiqaruvchisi tomonidan insofsiz raqobat va nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻyilganligini maʼlum qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, “TREND” brendining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilgan reklama roliklarida mazkur mahsulotning “MEGA” brendi mahsulotidan ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi ifodalardan foydalanilgan.

Shuningdek, reklamada “MEGA” brendini obroʻsizlantirishga olib keluvchi lavhalar qoʻllanilgani hamda mazkur holat ishlab chiqaruvchining ishchanlik obroʻsiga zarar yetkazgani bildirilgan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasiga muvofiq, nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “OZIQ OVQAT STANDART KARTON” MChJga (“TREND” brendi) nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, uning nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻygani eʼtirof etildi.

Natijada jamiyatga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanilib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish hamda kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Shuningdek, ushbu ish doirasida “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyib, tarmoqlarga aksilreklama materiallarini joylashtirgan bloger (fuqaro Abdurahmon Fazilov)ga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid