platina.uz
Jamiyat

Kadastr agentligi Yashnobod tuman boʻlimi mansabdori qoʻlga olindi

Andijonda 40 sotix yerni rasmiylashtirish evaziga 160 ming AQSh dollari talab qilgan fuqaro ham ushlandi. 

Kadastr agentligi Yashnobod tuman boʻlimi mansabdori qoʻlga olindi

Toshkentda pora olgan kadastr bosh inspektori, Andijonda yer maydonini noqonuniy sotgan fuqaro ushlandi.

DXX “Koll-markazi”ga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Kadastr agentligining Yashnobod tuman boʻlimi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Bosh inspektor oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy oʻrnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzib tashlamaslik va unga nisbatan jarima qoʻllamaslik evaziga ushbu pul mablagʻini talab qilgan.

Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro xaridorga Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 40 sotix yer maydonini goʻyoki "E-auksion" orqali yutib olganligini aytib, kelgusida kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXX, IIB va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid