Ispaniya va Portugaliya nimchorak finalda oʻynaydi
Jazoirni yutgan Shveysariya esa nimchorak finalda Gana va Kolumbiya uchrashuvi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya Avstriya toʻsigʻidan qiyinchiliksiz oʻtdi va nimchorak finalga yoʻllanma oldi.
JCh-2026 1/16 final doirasidagi Ispaniya — Avstriya oʻyini yakuniga yetdi.
Unda ispanlar yirik hisobda gʻalabaga erishib, turnirning nimchorak finaliga yoʻllanma olishdi.
Ispaniya - Avstriya 3:0.
JCh-2026 1/16 finali doirasidagi Portugaliya - Xorvatiya oʻyini boʻlib oʻtdi.
1-boʻlimda katta ustunlik qilgan Portugaliya gol ura olmadi. Dastlabki 45 daqiqalikda birorta aniq zarba bera olmagan Xorvatiya esa 2-taymda oʻyinni keskin oʻzgartirib yubordi va jami 6 ta aniq zarba berdi. Hisobni ham Modrich vatandoshlari ochishdi.
Qolgan vaqtda Ronaldu va Ramush oʻz gollari bilan kambekni taʼminlashdi. Oʻyinning oxiri dramaga aylanib ketdi. Xorvatlarning 90+10-daqiqada urgan goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.
Braziliya, Angliya va endi Portugaliya kambek bilan 1/8 finalga yoʻl olishdi.
Shveysariya va Jazoir oʻrtasidagi bahs ham yakunlandi.
Uchrashuv 2:0 hisobida Yevropa jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Endi Shveysariya nimchorak finalda Gana va Kolumbiya uchrashuvi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.
