Ilgiz Tantashev Paragvay-Fransiya uchrashuvini boshqaradi
Mazkur bahs 5 iyul kuni soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi.
Oʻzbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan oʻrin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuviga tayinlandi.
Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 5 iyul kuni soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida boʻlib oʻtadi. Mazkur bahs AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanalar doirasiga toʻgʻri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tantashev avval Shotlandiya va Marokash, Avstriya va Jazoir oʻyinlarini boshqargandi.
