Gruziya bosh vaziri: “Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni rivojlantirishga toʻliq oʻzini bagʻishlagan chinakam rahbar”
Gruziya hukumati rahbari global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, Oʻzbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chogʻida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi.
Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga toʻxtaldi. Gruziya hukumati rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, Oʻzbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida taʼkidladi.
“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo Oʻzbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U Oʻzbekistonni rivojlantirishga toʻliq oʻzini bagʻishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari oʻzining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.
Eslatib oʻtamiz, boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida 15 ga yaqin kelishuvlar imzolandi.
