Fargʻonada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shugʻullangan jinoiy guruh aniqlandi
Ular qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Fargʻonada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shugʻullangan jinoiy guruh fosh etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.
Xususan, tezkor tadbir davomida Margʻilon shahrida yashovchi 1995 y.t. shaxs Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tugʻilgan 4 nafar tanishi bilan til biriktirib, qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.
Ulardan jami 11 dona mobil telefonlar va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
