platina.uz
Jamiyat

Samarqandning ikki hududida advokatlar ushlandi

Ulardan biri Jizzax viloyatidagi manzil koloniyada jazo oʻtayotgan mahkumning jazo muddatini qisqartirib berish evaziga uning tanishidan 15 ming AQSh dollari olgan. 

Samarqandning ikki hududida advokatlar ushlandi

Samarqandda ikki advokat ushlandi.

DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokatning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

​Mazkur advokat mansabdor tanishlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan mahkumning jazo muddatini qisqartirib berish evaziga uning tanishidan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida faoliyat yurituvchi advokat esa jinoyat ishlari boʻyicha mazkur tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha himoyachi sifatida qatnashib, mansabdor tanishlari orqali sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, uning oʻgʻlidan 2 ming AQSh dollari talab qilgan.

​DXX va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid