platina.uz
Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga yetib bordi

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi.

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi. Ertaga, 3 iyul kuni Oʻzbekiston yetakchisi Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid