Murodbek Sherliyev Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi etib tayinlandi
U avval xizmat boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherliyev Murodbek Atabekovich IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Murodbek Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Xizmatning avvalgi rahbari Sherzod Ibragimov prezident qarori bilan Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.
