Meksikaning JChdagi gʻalabasini nishonlash paytida toʻrt kishi halok boʻldi
Ekvadorga qarshi 1/16 finaldagi gʻalabadan soʻng Mexikoda ulkan olomon koʻchaga chiqdi.

2026 yilgi Jahon chempionati plef-offidagi gʻalabani nishonlash paytida Mexiko shahrida toʻrt kishi halok boʻldi.
Associated Press agentligi xabar berishicha, Meksikaning Ekvador ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng 1,4 million muxlis koʻchalarga chiqdi.
Mexiko shahrida Meksika terma jamoasining Jahon chempionatida Ekvador ustidan qozongan gʻalabasini ommaviy nishonlash paytida toʻrt kishi halok boʻldi. Gʻalaba Meksikaning 1/8 finalga chiqishini taʼminladi.
Seshanba kuni kechqurun 1,4 millionga yaqin muxlis koʻchalarga chiqdi. Zocalo maydonidan Chapultepec bogʻigacha choʻzilgan besh kilometrlik Paseo de la Reforma xiyobonini olomon toʻldirdi.
Minglab muxlislar toʻplangan Mustaqillik farishtasi yodgorligi yaqinidagi koʻchalarda uch kishi hushidan ketgan holda topildi. Uchalasi ham boʻgʻilishdan vafot etdi. Qurbonlar 48 va 44 yoshli ikki ayol va 19 yoshli erkak edi. 30 yoshlardagi yana bir erkak keyinchalik shifoxonada vafot etdi. U epileptik tutqanoq, konvulsiyalar va oshqozon-ichakdan qon ketishini boshdan kechirdi. "Shifokorlar uni qutqara olmadilar", deb yozadi nashr.
Mexiko shahar meri Klara Brugada favqulodda xizmatlar darhol choralar koʻrganini, ammo jabrlanganlarning hayotini saqlab qola olmaganini aytdi. U muxlislarni "masʼuliyatli, ehtiyotkorlik va mehr-shafqat bilan nishonlashga" chaqirdi.
Poytaxt tom maʼnoda falaj boʻlib qoldi. Chorrahalarda vaqtinchalik orkestrlar chalindi va mushakbozlik aravalari tiqilinch koʻchalarda harakatlanishga qiynaldi.
