Iroq byudjeti 2003 yildan buyon korrupsiya sabab 2 trln dollar yoʻqotgan
Korrupsiyada ayblanib hibsga olinganlardan birining rafiqasi 50 million dollarga kvartira sotib olgani maʼlum boʻldi.

Iroq Bosh vazirining maslahatchisi Munir Haddadning soʻzlariga koʻra, mamlakat byudjeti 2003 yildan beri korrupsiya tufayli 2 trillion dollardan ortiq mablagʻni yoʻqotgan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Iroqda 47 nafar korrupsiya gumondori, jumladan, amaldorlar va parlament aʼzolari hibsga olingan.
"Masalan, hibsga olinganlardan birining rafiqasi 50 million dollarga kvartira sotib olgan. Har biri oʻzlariga yoki qarindoshlariga roʻyxatdan oʻtgan 50 dan ortiq kvartiraga ega boʻlgan bir nechta amaldorlar ham hibsga olingan", dedi janob Haddad INA axborot agentligiga.
Uning taʼkidlashicha, hibsga olishlar har kuni toʻliq maxfiylikda amalga oshirilayotgani sababli, hibsga olinganlarning aniq soni ortib bormoqda.
Maslahatchining soʻzlariga koʻra, gumondorlarning baʼzilari mamlakatdan qochishga yoki Iroq Kurdistonining avtonom mintaqasida boshpana izlashga uringan, ammo u yerdagi rasmiylar allaqachon sakkiz kishini Bagʻdodga ekstraditsiya qilishgan.
Haddad kelajakdagi sud jarayonlari ochiq boʻlishini taʼkidladi.
