platina.uz
Jamiyat

Viza xizmatlarini koʻrsatuvchi ikki MChJ ustun mavqega ega deb topildi

"VFS Global Services UBKN" MChJ Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Isroil va Malta davlatlariga, "Vizametric" MChJ Amerika Qoʻshma Shtatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini koʻrsatadi. 

Viza xizmatlarini koʻrsatuvchi ikki MChJ ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan "VFS Global Services UBKN" va "Vizametric” MChJlar ustun mavqega, "TLS Contact" MChJ esa ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi.

Qoʻmita tomonidan tovar va xizmat bozorlarida raqobat muhitini tahlil qilish hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash doirasida chet el davlatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini koʻrsatish bozori tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga koʻra:

"VFS Global Services UBKN" MChJ Avstriya, Vengriya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Daniya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Latviya, Litva, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Isroil va Malta davlatlariga, "Vizametric” MChJ Amerika Qoʻshma Shtatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi.

«TLS Contact” MChJ Germaniya va Fransiya davlatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi. 

Eslatib oʻtamiz, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning:

-13-moddasiga asosan tovar yoki moliya bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subʼektning yoxud shaxslar guruhining unga oʻz faoliyatini raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subʼektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqe hisoblanadi;

-14-moddasiga asosan ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi;

-18-moddasiga asosan ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid