platina.uz
Jahon

Pokistonda oʻquv markazi tomi qulashi oqibatida 14 bola halok boʻldi

Bir nafar oʻqituvchi va sakkiz nafar bola ham jabrlangan boʻlib, ular shifoxonaga yotqizilgan. 

Pokistonda oʻquv markazi tomi qulashi oqibatida 14 bola halok boʻldi

Pokistonning Lahor shahrida xususiy oʻquv markazi tomi qulashi oqibatida kamida 14 nafar bola halok boʻldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA “Geo News” telekanaliga tayanib xabar berdi.

Qutqaruv xizmati vakillari maʼlum qilishicha, bir nafar oʻqituvchi va sakkiz nafar bola ham jabrlangan boʻlib, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, halok boʻlgan bolalarning yoshi beshdan 16 yoshgacha boʻlgan, ularning aksariyati toʻqqiz yoshdan kichik boʻlgan. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash ishlarini davom ettirgan, chunki qoldiqlar ostida yana odamlar boʻlishi mumkin edi.

Dastlabki tergov natijalariga koʻra, oʻquv markazi xususiy turar joyda roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritgan. Hokimiyat vakillarining fikricha, bino qoniqarsiz holatda boʻlgan, tomning qulashiga esa konstruksiyalarning mustahkamligi pastligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Hodisa vaqtida tom ustida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan boʻlgan. Politsiya ikki nafar shaxsni qoʻlga oldi. Panjob viloyati hokimiyati beparvolik, qurilish meʼyorlarining buzilishi yoki qonunchilikning boshqa talablari buzilgan-buzilmaganini aniqlash maqsadida tergov boshladi. Agar ayb tasdiqlansa, aybdorlar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi hamda ularga barcha zarur tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid