platina.uz
Jamiyat

Gaz taʼminoti mansabdori va kadastr boʻlimi boshligʻi ushlandi

“Urguttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining mansabdor xodimi va mazkur tashkilotda muqaddam ishlagan shaxs oʻzaro til biriktirib, 2 ming dollar pora olgan. 

Gaz taʼminoti mansabdori va kadastr boʻlimi boshligʻi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsion holatlarga chek qoʻyildi.

Xususan, “Urguttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining mansabdor xodimi va mazkur tashkilotda muqaddam ishlagan shaxs oʻzaro til biriktirib, mahalliy MChJga qarashli ishlab chiqarish sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlash uskunasi oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik shart ruxsatnomasini olib berishni aytib, evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi boʻlimi boshligʻi mahalliy fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sugʻoriladigan yer maydonini boshqa shaxs nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab, sotib olib berish evaziga muqaddam 11600 AQSh dollari olgan.

Ammo, mazkur mansabdor shaxs bergan vaʼdasini bajarmay, olgan pul mablagʻi hisobidan 49,7 mln soʻmni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh etildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u 11600 AQSh dollari hisobidan qolgan 89,5 mln soʻmni ham jabrlanuvchiga qaytarib berdi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid