Eldor Shomurodov kiritgan toʻp JCh guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi
U Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Lionel Messi kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Oʻzbekiston termasi hujumchisi Eldor Shomurodov kiritgan toʻp JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topildi.
FIFA rasmiy saytida JCh-2026 guruh bosqichining eng chiroyli golini aniqlash boʻyicha soʻrovnoma yakunlandi.
Soʻrovnomada Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DRga urgan goli nomzodlar safidan joy olgandi. Shu bilan birga, Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Lionel Messi kabi futbolchilar ham daʼvogarlar qatorida edi.
Ovoz berish natijalariga koʻra, Eldor Shomurodov JCh-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifi deb eʼtirof etildi.
