platina.uz
Jamiyat

Yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yoʻlga qoʻyiladi

Ushbu vaucher foizsiz ssuda shaklida boʻlib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni oʻrganish xarajatlari qoplab beriladi. 

Yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yoʻlga qoʻyiladi

Qoʻlida kasbi boʻlib, xalqaro talablar asosida yangi koʻnikmalarni egallamoqchi boʻlgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu “kasb vaucheri” foizsiz ssuda shaklida boʻlib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni oʻrganish xarajatlari qoplab beriladi.

Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy oʻquv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi.

Shu yilning oʻzida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun 120 milliard soʻm ajratiladi. Talab boʻlsa, ushbu mablagʻ koʻpaytirib boriladi.

Xorijiy tilni puxta oʻrganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi oʻzini oqladi. Prezidentimiz buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi.

Yoshlarga kasb oʻrgatishning eng muhim boʻgʻini boʻlgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi.

Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi oʻquv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga oʻqitish boʻyicha davlat granti beriladi.

Yana bir yangilik – xalqaro kasb tanlovlarida gʻolib boʻlgan davlat va xususiy texnikum oʻquvchilari 100 million soʻmdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million soʻmdan mukofot oladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid