platina.uz
Iqtisod

Qator mikromoliya tashkilotlari va banklar jazoga tortildi

Markaziy bank jami 14 ta bankka nisbatan 681,5 mln soʻm jarima sanksiyasi qoʻlladi. Ipotekabank tomonidan bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi maʼlum boʻldi. 

Qator mikromoliya tashkilotlari va banklar jazoga tortildi

Markaziy bank tomonidan qator mikromoliya tashkilotlari va banklar jazoga tortildi.

Joriy yilning birinchi choragida Shaffof-moliya va Tezcoin mikromoliya tashkilotlarida hamda Uzum bankda oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan:
Mikromoliya tashkilotlarida:
mikroqarz ajratishda qarz yuki boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilinmagan;
murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik;
mikroqarz shartnomalarini rasmiylashtirishda qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq aks ettirilmagan;
mijozlarning kredit tarixi boʻyicha maʼlumotlar belgilangan muddatlarda kredit byurolariga taqdim etilmagan.

Uzum bankda:
bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik;
murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik;
kredit byurosiga isteʼmolchilarning kredit tarixi maʼlumotlari qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib yuborilgan;
isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar kiritilmaganligi bilan bogʻliq holatlar.

Aniqlangan qoidabuzarliklar xususiyati va koʻlami inobatga olinib, Markaziy bank tomonidan:
Shaffof-moliya mikromoliya tashkilotiga nisbatan – 201,0 mln. soʻm;
Tezcoin mikromoliya tashkilotiga nisbatan – 156,0 mln. soʻm;
Uzum bankka nisbatan 215,5 mln soʻm miqdorida jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Ipoteka-bank faoliyati yuzasidan kelgan kredit munosabatlariga doir isteʼmolchilarning murojaatlari oʻrganildi.
Murojaatda aks ettirilgan holatlar koʻrib chiqilganda, Ipotekabank tomonidan bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi maʼlum boʻldi.

Xususan, kredit qarzdorliklari uchun mablagʻlar qarz oluvchilarning bank kartalaridan toʻlov jadvalida belgilangan sanadan oldin yechib olingan;
kredit shartnomasida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ga tegishli boʻlgan bank kartasidan mablagʻlar kredit qarzdorliklari uchun akseptsiz (roziliksiz) yechib olinishi belgilanmagan boʻlsada, mablagʻlar akseptsiz yechib olingan;
kredit shartnomasi boʻyicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan chiqarilgan;
shartnomalarni rasmiylashtirishda qonunchilik talablariga rioya etilmagan.

Markaziy bank tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklar uchun Ipoteka-bankka nisbatan 105,0 mln. soʻm miqdorida jarima sanksiyasi qoʻllanildi.
Shu bilan birga, joriy yilning birinchi choragida tijorat banklarining hududlardagi filiallari va alohida boʻlinmalarida “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Nazorat tadbirlarida tijorat banklari tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni tashkil etishda oshkoralik, shaffoflik, axborotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligiga oid qonunchilik talablariga rioya etilmaganlik holatlari kuzatildi.

Markaziy bank tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklar xususiyati, miqyosi, davomiyligi va boshqa holatlar inobatga olingan holda 14 ta bankka nisbatan jami 681,5 mln. soʻm jarima sanksiyasi qoʻllanildi. Shundan, Agrobankka – nisbatan 255,0 mln. soʻm, Oʻzsanoatqurilishbankka – nisbatan 119,5 mln. soʻm jarima belgilandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid