platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon savollari tarqatib yuborilgani aniqlandi

 Dastlabki oʻrganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini koʻrsatgan. 

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon savollari tarqatib yuborilgani aniqlandi

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktabda test savollari tarqatib yuborilgani aniqlandi.

Joriy yilning 29 iyun kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon oʻtkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻrganilmoqda.

Dastlabki oʻrganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini taʼminlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos boʻlishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi.

"Eslatib oʻtamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va oʻz bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni soʻraymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin", deyiladi agentlik xabarida.

Maʼlumot uchun: kirish imtihonlari respublika boʻylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid