Germaniya va Niderlandiya jahon chempionatini tark etdi
Paragvay hamda Marokash terma jamoalari pley-offda jahon grandlarini yengishga muvaffaq boʻldi.

Germaniya va Niderlandiya jahon chempionatini tark etdi.
JCh-2026 pley-offida Braziliya kambek qilib, Yaponiyani magʻlub etdi va nimchorak finalga yoʻl oldi.
Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida uchrashuv yakunlandi.
Braziliya — Yaponiya 2:1
Gollar: 29 - Kaisyu Sano, 56 - Kazemiro, 90+6 - Gabriel Martinelli.
Germaniya hamda Paragvay oʻrtasidagi JCh-2026 pley-off bahsi yakuniga yetdi. Unda nemislar sensatsion tarzda yutqazdi.
Germaniya - Paragvay 1:1 (penaltilar seriyasi 3:4)
Gollar: Xavers 54 - Ensiso 42.
Marokash penaltilar seriyasida Niderlandiyani magʻlub etib, nimchorak finalga yoʻl oldi.
JCh, 1/16 final
Niderlandiya — Marokash 1:1
Gollar: 72 - Kodi Gakpo, 90+1 - Issa Dio (penaltilar 2:3).
