Futbolchilarga “Malibu” berilishi haqidagi xabarlar mutlaqo yolgʻon
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Futbolchilarga “Malibu” berilishi haqidagi xabarlar mutlaqo yolgʻon ekani maʼlum boʻldi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Tarmoqda "3 ta oʻyinda 3 ta magʻlubiyat va 11 ta oʻtkazib yuborilgan toʻp. Shu munosabat bilan 26 futbolchining har biriga bittadan yangi Malibu", mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Manbaga koʻra, bu maʼlumotlar hech qanday asosga ega emas.
Shuningdek, Prezident Oʻzbekiston milliy terma jamoasining futbol boʻyicha jahon chempionatidagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtdi.
“Milliy jamoamizning AQSh va Meksika maydonlaridagi oʻyinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon boʻlib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik. Futbolchilarimiz FIFA reytingida 5-oʻrinda turgan Portugaliya, 13-oʻrindagi Kolumbiya hamda koʻplab futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida toʻp suradigan Kongo terma jamoalari bilan oʻtkazilgan oʻyinlar orqali oʻziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, toʻgʻri boʻladi. Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandchilik bagʻishladi.
Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki toʻgʻrisida turli fikrlar bildirilmoqda.
Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz aʼzolariga ortiqcha his-tuygʻu bilan eʼtiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhini koʻtarish har qachongidan ham muhim”, – dedi Prezident.
