Umumiy auditoriyasi qariyb 15 million boʻlgan blogerlar forumi boʻlib oʻtdi
Toshkent shahridagi InterContinental mehmonxonasining Trilliant biznes markazida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Kontent markazi tomonidan “Kontent yaratuvchilar forumi” tashkil etildi.

Umumiy auditoriyasi qariyb 15 million boʻlgan blogerlar forumi boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahridagi InterContinental mehmonxonasining Trilliant biznes markazida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Kontent markazi tomonidan “Kontent yaratuvchilar forumi” tashkil etildi.

Forumda Markazning bepul taʼlim loyihalarida tahsil olgan 130 nafardan ortiq vaynerlar, blogerlar, SMM mutaxassislari va mobilograflar, shuningdek, media sohasiga qiziquvchi 400 ga yaqin yoshlar tinglovchi sifatida ishtirok etdi.

Forumga spiker sifatida sifatli va foydali media kontent yaratuvchi taniqli blogerlar hamda vaynerlar taklif etildi. Ular orasida vayner Bobur Mansurov va uning jamoadoshlari Ibrat Azamatov, Sardor Toʻrayev, Shahriyor Baxtiyorov, “Bozorchi Elyor” taxallusi bilan ijod qiluvchi gastronomik ekspert Elyor Muxtorov, “Texnoplov” asoschisi, texnobloger Saadulla Abdullaev, aktrisa va vaynerlar Gulruh Pirnazarova hamda Mavluda Xikmatova, aktyor va vayner Badriddin Xusniddinov oʻz jamoasi bilan, jurnalist va bloger Sarvar Bahodirov, texnobloger Mirfayoz Mirxalikov, sayohatchi bloger Mirfayoz Mirbabayev, rassom va bloger Javlon Hasanov ishtirok etdi.

Mazkur ijodkorlar ijtimoiy tarmoqlarda umumiy hisobda qariyb 15 million auditoriyaga ega boʻlib, sifatli va kreativ kontent yaratishlari bilan tanilgan.

Tadbir davomida har bir spiker oʻzining muvaffaqiyat yoʻli, tajribasi, hayotiy saboqlari va motivatsion tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, Kontent markazining “Debyut” vaynerlik maktabi, “SMM AI-savodxon”, “Yosh mobilograflar maktabi” bepul taʼlim loyihalari, “Media haftalik” hamda Aura.uz media banki taqdimoti oʻtkazildi.

Forum yakunida kontent yaratuvchilar Kontent markazining taʼlim loyihalarida faol ishtirok etish, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va milliy media makon uchun sifatli kontent yaratishga chorlandi.
