platina.uz
Jamiyat

Tez yordam mashinalariga yozilgan 1,2 ming jarima bekor qilindi

Poytaxtlik fuqaro muammo sabab Prezident Xalq qabulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Tez yordam mashinalariga yozilgan 1,2 ming jarima bekor qilindi

Tez yordam mashinalariga belgilangan 1,2 ming jarima bekor qilindi.

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro oʻz korxonasiga qarashli tez yordam mashinalariga yozilgan 1200 ta maʼmuriy jarimani bekor qildirish uchun bir necha bor masʼul tashkilotlarga murojaat qilgan.

Biroq muammo oʻz yechimini topmagani uchun Prezident Xalq qabulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan.

Murojaat Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, atroflicha oʻrganildi. Jarayonda masʼul idoralarga jarimalarni bekor qilish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar yuborildi.

Koʻrilgan choralar natijasida 2026 yil 23 iyun kuni tez yordam mashinalariga yozilgan barcha jarimalar bekor qilindi va murojaatchining masalasi ijobiy hal etildi.

Prezident Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini qonuniy, xolis va adolatli koʻrib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlarni davom ettiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid