platina.uz
Jamiyat

Shikoyatni shikoyat qilinayotgan shaxsning oʻziga yuborish mumkin emas

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi. 

Shikoyatni shikoyat qilinayotgan shaxsning oʻziga yuborish mumkin emas

Prezident xalq qabulxonasi murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklarni sanab oʻtdi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchiliklar kuzatilmoqda.

Murojaatni vakolatli organga oʻz vaqtida yuborish

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, agar murojaatni koʻrib chiqish davlat organi yoki tashkilot vakolatiga kirmasa, u 5 kun ichida tegishli organ yoki mansabdor shaxsga yuborilishi hamda bu haqda murojaatchiga yozma yoki elektron shaklda xabar berilishi shart.

Amalda esa ayrim hollarda muddat buzilmoqda.

Shikoyatni shikoyat qilinayotgan shaxsning oʻziga yuborish mumkin emas

Qonunning 25-moddasi uchinchi qismiga asosan, murojaatni qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organ, tashkilot yoki mansabdor shaxsning oʻziga koʻrib chiqish uchun yuborish taqiqlanadi.

Afsuski, ayrim holatlarda murojaatchining shikoyati yana aynan shikoyat qilingan rahbarning oʻziga yuborilmoqda. Bu esa fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan bunday murojaatlar qonunchilikka muvofiq respublika darajasidagi vakolatli tashkilot tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Ularni shikoyat qilinayotgan quyi tashkilotga yuborish qonun talablariga zid hisoblanadi.

Murojaatga asosli javob berilishi shart

Qonunning 27-moddasi beshinchi qismiga koʻra, murojaatga berilgan javobda murojaatda koʻtarilgan har bir masala yuzasidan aniq va asoslantirilgan xulosalar, zaruratga qarab esa qonunchilik hujjatlariga havolalar keltirilishi lozim.

Biroq ayrim javoblarda ushbu talabga toʻliq rioya qilinmayapti.

Qonunchilik talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid