platina.uz
Jamiyat

Avtomobil ehtiyot qismlari bozoridagi jinoiy guruhga hukm oʻqildi

Ayrim sudlanuvchilar (muqaddam sudlangani bois) tayinlangan jazoni qattiq tartibli, ayrimlari umumiy tartibdagi jazo koloniyalarida oʻtashi belgilandi. 

Avtomobil ehtiyot qismlari bozoridagi jinoiy guruhga hukm oʻqildi

Uchtepa tumanidagi "Avtomobil ehtiyot qismlari bozori"da noqonuniy faoliyat olib borgan jinoiy guruhga sud hukmi chiqarildi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida 14 nafar sudlanuvchiga doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

“Avtomobil ehtiyot qismlari bozori” hududida tovlamachilik bilan shugʻullanganlikda ayblangan sudlanuvchilarga, jinoiy xatti-harakatlaridan kelib chiqib, 3 yildan 6,5 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlandi.

Ayrim sudlanuvchilar (muqaddam sudlangani bois) tayinlangan jazoni qattiq tartibli, ayrimlari umumiy tartibdagi jazo koloniyalarida oʻtashi belgilandi.

Sud jarayoni yakunida raislik etuvchi sudya tomonidan hukm mazmuni, unga nisbatan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirildi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid