platina.uz
Siyosat

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot oʻtkazdi

Unda Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish bosqichlari yuzasidan maʼlumot olindi hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi. 

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot oʻtkazdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov eronlik hamkasbi Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonining soʻnggi bosqichlari yuzasidan maʼlumot olingan hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekistonning mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlarni izchil qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidlab, muloqotni davom ettirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etildi.

"Shuningdek, Oʻzbekiston–Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik", deya taʼkidlaydi Saidov.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid