Salkam 3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi
Ular Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida yoʻq qilindi.

Noqonuniy muomaladan olingan jami 2 tonna 963 kg narkotik moddalar yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

Ular giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida yoʻq qilingan.

Ular orasida:
- 78 kg 368 gr geroin;
- 426 kg 351 gr opiy;
- 646 kg 639 gr gashish;
- 131 kg 370 gr ALFA-PVP;
- 61 kg 954 gr Mefedron;
- 69 kg 255 gr Pregabalin va boshqa moddalar bor.


Eslatib oʻtamiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlik va narkotiklarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish kuni sanaladi.
