Germaniya soʻnggi turda yutqazdi, Yaponiya Braziliyaga qarshi oʻynaydi
Turkiya terma jamoasi AQShni yenggan boʻlsa ham turnir bilan xayrlashdi.

Jahon chempionati doirasida "D" guruhi yakunlandi. Guruhning soʻnggi ikki uchrashuvi durang bilan yakunlandi.
AQSh va Turkiya oʻrtasidagi bahs 2:3 hisobida yakunlangan boʻlsa, Paragvay va Avstraliya 0:0 hisobidagi durang natijasini qayd etishdi. Shu tariqa, AQSh guruhda 6 ochko bilan 1-oʻrinni egalladi. Avstraliya esa 4 ochko bilan 2-boʻldi. Paragvayning hisobida ham 4 ta ochko bor va ular 3-oʻrin bilan pley-off yoʻllanmasini naqd qilishdi.
Turnir avvalida guruh favoriti deb hisoblangan Turkiya esa 3 ochko bilan oxirgi oʻrinni oldi.
Paragvay - Avstraliya 0:0
Turkiya - AQSh 3:2
JCh-2026 E guruhi 3-turi doirasidagi Ekvador - Germaniya hamda Kyurasao - Kot-d'Ivuar uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Unda gʻalabaga erishgan Ekvador 2-oʻringa koʻtarila olmadi. Germaniya peshqadam, Kot-d’Ivuar esa 2-oʻrin sohibi sifatida pley-offga yoʻl oldi.
Ekvador - Germaniya 2:1
Kyurasao - Kot-d’Ivuar 0:2.
JCh-2026 F guruhi 3-turi doirasidagi Tunis - Niderlandiya hamda Yaponiya - Shvetsiya uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Ushbu guruhda kutilganidek Niderlandiya termasi peshqadam sifatida pley-offga yoʻllanma oldi. 2-oʻrin esa Yaponiyaga nasib qildi.
Tunis - Niderlandiya 1:3
Yaponiya - Shvetsiya 1:1.
Shu tariqa pley-offda:
Niderlandiya - Marokash
Braziliya - Yaponiya
AQSh - Bosniya va Gersegovina termalari ttoʻqnash keladi.
