platina.uz
Jamiyat

Andijonda suv va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan Andijon viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar yakuni boʻyicha davlat rahbariga batafsil axborot berildi. 

Andijonda suv va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Andijonda suv va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan Andijon viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar yakuni boʻyicha davlat rahbariga batafsil axborot berildi.

Mavjud holat yuzasidan shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan tezkor va qatʼiy topshiriq asosida, bugunning oʻzidayoq hududda keng koʻlamli qurilish va taʼmirlash ishlariga start berildi.

Xususan, 1980-yillarda barpo etilgan hamda koʻplab xonadonlar va tashkilotlar taʼminotiga daxldor boʻlgan Andijon shahrining Boburshoh va Oltinkoʻl koʻchalaridagi magistral suv va oqova tizimlarini qayta qurish uchun Prezident 98,9 mlrd soʻm mablagʻ ajratdilar.

Belgilangan vazifalar ijrosi, mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi va qurilish ishlarining sifati Prezident Administratsiyasi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid