Shavkat Mirziyoyev bir qator OAV vakillarini taqdirladi
Ular 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mukofotlandi. Taqdirlanganlar orasida telejurnalistlar, internet jurnalistikasi vakillari va blogerlar ham bor.

Shavkat Mirziyoyev bir qator OAV vakillarini taqdirladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda soʻz va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashga qoʻshayotgan munosib hissasi va boshqalar uchun quyidagilar mukofotlanadi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullayev Farxod Badalovich - «Sevimli» telekanalining «Eslab, eslab» loyihasi boshlovchisi
Kazakbayev Tulkun Muxitdinovich - Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va publitsist
Qurbonova Aziza Abdusabitovna - Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining axborot tayyorlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi
Soliyeva Azizaxon Turgʻunovna - Buvayda tumani «Buvayda koʻzgusi» gazetasi bosh muharriri, Fargʻona viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
Atabekova Zuxri - ijtimoiy tarmoqlardagi «Zuhra_buvi» sahifasi asoschisi, bloger
Biryukov Valeriy Vasilevich - «TASS» axborot agentligining Oʻzbekistondagi muxbiri
Mustakimov Rim Munirovich - «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati katta musahhihi, Samarqand viloyati
Naxanov Jaxongir Atayarovich - «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari bosh muharriri oʻrinbosari
Suvonov Lutfulla Xayrullayevich - «Yangi Oʻzbekiston» gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq boʻlimi katta muxbiri
Tulegenov Sharafitdin Bakirovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» radiokanali xalqaro tahliliy dasturlar guruhi muallif-sharhlovchisi
Shirmuxamedov Dilshod Sagdullayevich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi teleoperatori
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Rizayev Murodjon Ziyayevich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi futbol translyatsiyalarini uyushtirish muharririyati sharhlovchisi
«Sogʻlom turmush» medali bilan
Xayitova Laylo Sattorovna - «Xabar.uz» internet nashrining Buxoro viloyati boʻyicha muxbiri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Majidov Shoxrux Gʻolib oʻgʻli - «Kun.uz» internet nashri muxbiri
Meliqoʻziyev Ravshanbek Isomiddin oʻgʻli - ijtimoiy tarmoqlardagi «Platina.uz» va «Pinkod.uz» sahifalari asoschisi, bloger
Toʻlqinova Mahliyo Ozod qizi - ijtimoiy tarmoqlardagi «Sinchalak blog» sahifasi asoschisi, bloger
«Shuhrat» medali bilan
Abdullayev Aʼlo Abzalovich - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbiri
Avalboyev Ikrom Xolyigitovich - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri
Allayev Akbarali Odinamaxmatovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi muharrirlar guruhi bosh muharriri
Askarov Jobirxon Kozim oʻgʻli - Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi matbuot kotibi
Atamuratov Ilxambek Muxammetali uli - «Jaslar TV» telekanali va «Nukus FM» radiosi bosh muharriri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Aʼloyeva Nigoraxon Akrom qizi - «Daryo.uz» internet nashri muharriri
Zakirova Nodira Nasirovna - «Bir safda» jurnali tahririyati boʻlim muharriri
Ibragimova Zebiniso Asatovna - Nurota tumani axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari, Navoiy viloyati
Irgasheva Maxsuma Raxmatovna - «Saodat» jurnali musahhihi
Karimov Baxtiyor Almosboyevich - «Mening yurtim» telekanalining kino tahririyati muharriri
Karimova Odinaxon Bokibilloyevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» ijodiy birlashmasi direktorining «Navo» telekanali boʻyicha oʻrinbosari
Kulmatova Dilafruz Ravshanovna - «UzReport TV» telekanali katta muharriri
Logvina Yuliya Sergeyevna - «Narodnoye slovo» gazetasi boʻlim muharriri
Maxmudov Otabek Ulugbekovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanali ilmiy-tahliliy va intellektual koʻrsatuvlar muharririyati teleoperatori
Mir-Artikov Nuriddin Maxkamovich - Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining bosma sexi chop etuvchisi
Mirsadikov Miravzal Mirvaxidovich - «Yoshlar ovozi» masʼuliyati cheklangan jamiyatining «HIT FM» radiosi prodyuseri
Nishanov Nodirbek Iskandarovich - ijtimoiy tarmoqlardagi «Qurultoy» sahifasi asoschisi, bloger
Paydayev Xasan Ibragimovich - Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi yetakchi mutaxassisi
Salimov Timur Mirsamat oʻgʻli - «Zo‘r TV» telekanali prodyuseri
Yusupov Yakub Kabildjanovich - «Milliy» telekanali texnik direktorining oʻrinbosari
