JCh pley-offiga chiqqan 13 jamoa nomi maʼlum boʻldi
Braziliya va Meksika yirik gʻalabaga erishdi, Janubiy Koreya JARga yutqazib qoʻydi.

"A" guruhining 3-tur bahslari yakunlandi.
Musobaqa mezbonlaridan hisoblanmish Meksika soʻnggi turda Chexiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikkinchi uchashuvda esa Janubiy Koreya JARga qarshi maydonga tushdi. Bahs afrikaliklarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
"A" guruhida Meksika 100 foizlik natija bilan guruhda birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrindan esa JAR terma jamoasi joy oldi. Afrikaliklar ushbu guruhda 4 ochko toʻplashdi. Janubiy Koreya termasi jamoasi 3 ochko bilan guruhda uchinchi boʻlishgan boʻlsa, chexiyaliklar 1 ochko bilan guruhda soʻnggi oʻrinni egallashdi.
Chexiya — Meksika 0:3
Gollar: Chaves 55, Kinones 61, Fidalgo 90+4
JAR — Janubiy Koreya 1:0
JCh-2026ning "B"guruhida 3-tur oʻyinlari yakuniga yetdi.
Bosniya va Gersegovina - Qatar 3:1
Gollar: Alaybegovich 29, Abunada 34 (avtogol), Maxmich 80 - Al Haydos 42.
Shveysariya - Kanada 2:1
Gollar: Vargas 46, Manzambi 57 - David 76.
JCh-2026 musobaqasining "C" guruhi yakunlandi.
Soʻnggi Turda Braziliya Shotlandiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Braziliya tarkibida Neymarning maydonga tushganini alohida taʼkidlash lozim.
Guruhning ikkinchi bahsida esa Marokash va Gaiti oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Shiddatli kechgan bahsda Afrika jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Pley-off yoʻllanmasini naqd qilganlar: Meksika, AQSh, Germaniya, Argentina, Fransiya, Norvegiya, Kolumbiya, Kanada, Shveysariya, Braziliya, Marokash, Bosniya va Gergovina, JAR.
