“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan oʻquvchilar YTHga uchradi
Natijada bir kishi vafot etgan, bir necha oʻquvchi shifoxonaga yotqizildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 14-maktab oʻquvchilari “Andijon polkasi” tadbiridan qaytayotgan vaqtda YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi.
Unda aytilishicha, hodisa oqibatida bir nafar oʻquvchi vafot etgan, qolganlari esa jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Voqea oʻquvchilar tadbirdan qaytayotganida emas, unga borayotganida yuz bergan.
Andijon viloyati YHXB axborot xizmatining “Daryo”nashriga bergan izohiga koʻra, Asaka tumani xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan Andijon shahrida oʻtkaziladigan tadbirga tayyorgarlik koʻrish uchun borib-keladigan oʻquvchilarga alohida avtobus ajratilgan. Ammo bir guruh oʻquvchi oʻzboshimchalik bilan Damas avtomobilida ketayotgan boʻlgan.
Yoʻlda avtomobil “ZIL” yuk mashinasi bilan toʻqnashgan. Oʻquvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramay, ulardan bir nafari vafot etgan. Qolgan oʻquvchilarning holati yaxshi ekani aytilgan.
Hodisa sabab surishtiruv olib borilmoqda.
