platina.uz
Iqtisod

Toshkentda turli sohalar uchun 21 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

​Toshkent shahar Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi xodimlarining ish haqi, kommunal va taʼminot xarajatlari uchun 2,1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi. 

Toshkentda turli sohalar uchun 21 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Toshkentda turli sohalarni rivojlantirish va obodonlashtirish ishlariga 21 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.

​Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan 2026 yil 24 iyunda poytaxt byudjetining qoʻshimcha manbalari hamda maqbullashtirilgan mablagʻlari hisobidan yirik miqdordagi mablagʻlarni yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilindi.

​Toshkent shahridagi 22 ta kasbiy taʼlim muassasasiga Buyuk Britaniyaning nufuzli Pearson BTEC xalqaro taʼlim dasturini joriy etish va tegishli litsenziya olish uchun 2 milliard soʻm ajratiladi.

​Toshkent shahar Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi xodimlarining ish haqi, kommunal va taʼminot xarajatlari uchun 2,1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Respublika musiqa va sanʼat texnikumi hududida alohida qozonxona oʻrnatish va issiqlik tizimini taʼmirlashga 1,9 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ beriladi.

​Shuningdek, texnikumlar uchun 60 dona elektron doska xarid qilishga 1,3 milliard soʻmdan ziyod pul ajratiladi.​

Toshkent shahar Sport boshqarmasiga shahar terma jamoasi aʼzolarini oʻquv-mashq yigʻinlariga yuborish, musobaqalarda ishtirokini taʼminlash va gʻoliblarni taqdirlash uchun 2,2 milliard soʻm beriladi. Toshkent shahar Futbol assotsiatsiyasi xodimlarining 2-yarim yillik ish haqi va taʼminoti uchun 1,4 milliard soʻm, Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga esa 500 million soʻm yoʻnaltiriladi.

Alohida ahamiyatga ega koʻchalar va markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmalariga lola piyozlari sotib olish uchun jami 2,2 milliard soʻmdan oshiq mablagʻ beriladi.

​Bektemir tumaniga 1,3 milliard soʻmdan ortiq, qolgan tumanlar obodonlashtirish boshqarmalariga esa hududga ekiladigan manzarali daraxt koʻchatlari sotib olish uchun tegishli miqdorda mablagʻlar taqsimlab beriladi.

Ajratilgan mablagʻlarning qatʼiy ravishda maqsadli sarflanishi ustidan Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar boshqarmasi nazorat olib boradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid