platina.uz
Siyosat

“Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan oʻzgarishlar oʻn yillab choʻzilmasligi kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24 iyun kuni Andijon viloyatida zudlik bilan eʼtibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta ijtimoiy obʼektlarga tashrif buyurdi.

“Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan oʻzgarishlar oʻn yillab choʻzilmasligi kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24 iyun kuni Andijon viloyatida zudlik bilan eʼtibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta ijtimoiy obʼektlarga tashrif buyurdi.

Jumladan, Oltinkoʻl tumanidagi “Koʻmakay” oilaviy poliklinikasi binosidan 1988 yildan buyon foydalanib kelinmoqda. U bugungi kun tibbiyot standartlaridan ancha orqada qolgan.

Tashrif davomida 9-sonli bogʻcha va 36-sonli maktabda ham koʻzdan kechirildi. Bogʻcha 1970 yillarda qurilgan oromgoh oʻrnida joylashgan. Maktab binosi undan ham eski — 1960 yilda barpo etilgan boʻlib, sigʻimi oʻquvchilar soniga mos kelmaydi. Shu sababli, har ikki obʼekt yangidan quriladi.

“Gap tibbiyot va taʼlim haqida ketar ekan, shifokor va oʻqituvchining ish joyi, yaratilgan sharoit, farzandini maktab yoki bogʻchaga kuzatayotgan ota-onaning koʻngli toʻq boʻlishi — eng muhim, birinchi galdagi masaladir. Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan oʻzgarishlar oʻn yillab choʻzilmasligi kerak. Jarayonni tezlashtirish, aniq va sezilarli natija tez fursatda amalda koʻrinishi lozim”, — deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid