platina.uz
Madaniyat

Madaniy meros agentligining qator xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Qashqadaryodagi "Oʻrta masjid", "Sandaltepa", «Qiziltepa", "Qurilishtepa" va "Usmontepa" madaniy meros obʼektlarida qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlsa-da, 3 oydan ortiq vaqt davomida huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmagan.

Madaniy meros agentligining qator xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Madaniy meros agentligining qator xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Bosh prokuratura tomonidan Madaniy meros agentligi tizimidagi bir qator hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan sustkashliklar va xatoliklar yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Qashqadaryo viloyati boshqarmasida joriy yilning fevral-mart oylarida "Oʻrta masjid"," Sandaltepa", «Qiziltepa", "Qurilishtepa" va "Usmontepa" madaniy meros obʼektlarida qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlsa-da, 3 oydan ortiq vaqt davomida huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmagan. Shuningdek, "Oqtoshtepa-2" va "Kaltepa" yodgorliklari boʻyicha hujjatlar sudga oʻz vaqtida yuborilmagan.

​Andijon viloyati boshqarmasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 282-moddasi talablari buzilib, maʼmuriy ish hujjatlari sudlarga oʻz vaqtida yuborilmagan. Xususan, fuqarolar I.Madumarov va S.Moʻminovga oid bayonnomalar faqatgina prokuratura organlari aralashuvidan soʻng sudga taqdim etilgan.

Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh prokuraturaga taqdim etilgan maʼlumotlarda madaniy meros obʼektlari hududida yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilish bilan bogʻliq 12 ta holat mavjudligi qayd etilgan. Biroq oʻrganish davomida ushbu maʼlumotlarning 3 tasi asossiz ekanligi (aslida 9 ta holat mavjudligi) aniqlangan.

Bosh prokuraturaga haqqoniyligi oʻrganilmasdan maʼlumot taqdim etgan Agentlik markaziy apparati masʼul xodimi hamda Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid