platina.uz
Jamiyat

Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

U 2021-2024 yillarda Kogon shahar hokimi, 2024 yildan ayni vaqtga qadar Peshku tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. 

Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Hayot Davlatov 1979 yilda Peshku tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti - oliy. 1999 yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006 yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - menejment, iqtisodchi.

U ish faoliyatini Buxoro viloyati monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida oddiy nazoratchi sifatida boshlab, Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Buxoro viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazi direktori, Buxoro viloyati Investisiya bosh boshqarmasi boshligʻi, Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, u 2021-2024 yillarda Kogon shahar hokimi vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2024 yildan ayni vaqtga qadar Peshku tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid