platina.uz
Jamiyat

Fargʻona va Jizzaxda elektr korxonasi muhandislari qoʻlga olindi

Bir holatda muhandis qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga elektr tortish, hisoblagich oʻrnatib, ulab berish, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 100 mln soʻm talab qilgan. 

Fargʻona va Jizzaxda elektr korxonasi muhandislari qoʻlga olindi

Muhandislarning noqonuniy harakatlari fosh etildi.

​Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi muhandisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga elektr tarmogʻi tortish, elektr hisoblagich oʻrnatib, ulab berish, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 100 mln soʻm talab qiladi.

​DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan muhandis soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Sharof Rashidov tumani elektr taʼminoti korxonasi muhandisi ham oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fermer xoʻjalikning elektr energiyasidan mavjud 122 mln soʻm qarzdorligini mansabdor tanishlari orqali yoʻq qilib berish evaziga 50 mln soʻm talab qilib, muqaddam 10 mln soʻm olgan.

​DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 40 mln soʻmni olgan vaqtida ushlandi.

​Hozirda har ikki holat boʻyicha muhandislarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid