Energetika vaziriga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Energetika vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u energetika vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezidentning energetik xavfsizlik boʻyicha vakili boʻlinmasining yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
